1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Osiyo ordeni bilan taqdirlandi

Mukofot tenglik, inklyuziya hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, ular o’rtasida parasportni targ’ib qilish yo‘lidagi xizmatlari uchun berildi.

Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Osiyo ordeni bilan taqdirlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va World Aquatics Byurosi a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva tenglik, inklyuziya va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, ularning parasportdagi ishtirokini targ‘ib qilishdagi xizmatlari uchun Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining Osiyo ordeni bilan taqdirlandi.

 

Aynan uning tashabbusi bilan O‘zbekistonda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan bo‘lib, sport orqali reabilitatsiya jarayoni rivojlanmoqda. Xususan, nogironligi bo‘lgan ayollar va qizlarning adaptiv sportdagi ishtirokini kengaytirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Shahnoza Mirziyoyeva Osiyo miqyosida ham parasportni rivojlantirish, davlatlar o‘rtasida hamkorlik va inklyuziv sport dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Uning tashabbuslari tufayli mintaqada adaptiv sport infratuzilmasi rivojlanib, ko‘plab yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика