1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shahram Gʻiyosov Amerikadagi jangda g‘alaba qozondi

U meksikalik raqibini 3 marotaba nokdaun holatiga tushirdi.

Shahram Gʻiyosov Amerikadagi jangda g‘alaba qozondi

 

O‘zbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov Las-Vegasda o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini meksikalik Kristian Gomesga qarshi o‘tkazdi.

 

10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Shahram to‘rtinchi, yettinchi va o‘ninchi raundlarda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘yishga erishdi.

 

Yakunda u ochkolar evaziga raqibi ustidan g‘olib chiqdi. Bu g‘alaba bilan Shahram yarimo‘rta vazn toifasida (-66,6 kg) IBF Shimoliy Amerika mintaqaviy chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahram Gʻiyosovning havaskor boksga qaytgani xabar qilingandi. 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика