1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Shahrisabzda 11-13 may kunlari «Ethno and modern fashion week» xalqaro festivali o‘tkaziladi

05:05 / 05.05.2023

878

Shahrisabzda 11-13 may kunlari «Ethno and modern fashion week» xalqaro festivali o‘tkaziladi

Shahrisabzda 11-13 may kunlari «Ethno and modern fashion week» xalqaro festivali o‘tkaziladi

«Ethno and modern fashion week»  xalqaro festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

 

11-13 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida «Ethno and modern fashion week»  xalqaro etno o‘yinlar festivali, xalq hunarmandchiligi va zargarlik buyumlari yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida, shuningdek, Yakkabog‘ tumanida etnosport bo‘yicha musobaqalar, «Amir Temur harbiy mashqlari» nomli teatrlashtirilgan tomoshalar o‘tkaziladi.

 

Xalqaro festival dasturidan xorijiy va mahalliy yosh dizayner hamda modelerlarning asarlari namoyishi va taqdimotlari ham o‘rin olgan.

 

Tadbir davomida xorijlik mehmonlar ishtirokida mahorat darslari va uchrashuvlar, gastronomik, milliy hunarmandchilik va zargarlik buyumlari ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etiladi.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика