Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Damas haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.
Voqea 19 aprel kuni soat 12:45 larda “Shahrisabz-Miraki” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Haydovchi K.M. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi bilan Miraki yo‘nalishi tomon harakatlanib borib, piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan piyoda O.I.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, O.I. ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi K.M. protsessual tartibda ushlangan.


