1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shahrisabzda YPX xodimlari bilan janjallashganlar qamaldi

Bu bo‘yicha 3 kishiga nisbatan sud qarori chiqarilgan.

Shahrisabzda YPX xodimlari bilan janjallashganlar qamaldi

 

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida YPX xordimlari bilan janjal qilgan fuqaro qamaldi. Bu haqda viloyat IIB muʼlumot berdi.

 

Bugun, 29 may kuni soat 10:20 larda Shahrisabz shahar IIB YHXB xodimlari Pillakashlik mahallasining Pillakashlik ko‘chasida 2 ta davlat raqamisiz, oynalari to‘liq qoraytirilgan hamda ruxsatsiz qayta jihozlangan “Jentra” rusumli avtomashinalarga nisbatan hujjatlarni rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Shunda transport vositalari haydovchilari ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan janjal chiqarib, ommani o‘ziga qaratgan.

 

Fuqarolar A.A., M.M. va U.K.larga nisbatan qonunchilik tartibi buzilganligi holati bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy to‘xtamga kelishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudiga yuborilgan.

 

Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro A.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi, 125-moddasi 3-qismi, 126-moddasi 1-qismi, 127-moddasi 2-qismi va 125-moddasi 5-qismi, U.K.ga 183-moddasi hamda M.M.ga 183-moddasi, 126-moddasi 1-qismi, 125-moddasi 5-qismiga asosan, huquqbuzarlarning har biriga 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика