Shahzoda Garri 2012-2013 yillarda Afg‘onistonda xizmat qilgan payti “Tolibon”ning 25 aʼzosini o‘ldirganini maʼlum qildi. Bu haqda qirollik oilasi aʼzosining Spare (“Zaxiradagi”) nomli xotira kitobida so‘z boradi.
“Xizmat safarining birinchi kunidayoq men hech qanday shubhalar bilan yurmaslikni oldimga maqsad qildim. Buyuk Britaniyaga barcha tana aʼzolarim butun holda qaytishni istardim, ammo eng muhimi toza vijdon bilan uyga qaytishni xohlaganman”, – deb qayd etgan shahzoda.
Yelizaveta II‘ning nabirasi toliblarni “yovuz” deb atagan. U harakat aʼzolarini tarixdagi eng dahshatli jinoyatlarga aloqadorlikda ayblagan.
Garri 2006 yilda Sandxyorstdagi qirollik harbiy akademiyasini tamomlagan. 2008 yilda esa Afg‘onistonning Hilmand viloyatida 10 hafta davomida harbiy harakatlarda qatnashgan. Shuningdek, u 2012 yil sentyabridan 2013 yil yanvariga qadar ham afg‘on zaminida bo‘lgan.


