1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shakira AQSHga ko‘chib ketadi

U farzandlarini to‘liq vasiylikka oldi.

Shakira AQSHga ko‘chib ketadi

 

Mashhur qo‘shiqchi Shakira o‘g‘illari — to‘qqiz yoshli Milan va yetti yoshli Sashani to‘liq vasiylikka oldi. U bu bo‘yicha farzandlarining otasi Jerar Pike bilan 12 soat muzokara olib bordi.

 

Endi 45 yoshli kolumbiyalik estrada yulduzi Barselonadagi oilaviy uyidan Florida shtatining Mayami shahriga ko‘chib o‘tadi. U buni 2023-yil boshida amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

 

Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Jerard sudda ish yuritmaslik uchun sobiq sevgilisining shartlariga, to‘liq vasiylik va bolalarini AQSHga ko‘chirishga rozi bo‘lgan. Futbolchi sudda xiyonatlari haqida gap ketishidan qo‘rqib Shakiraning shartlarini qabul qilgan.

 

Shakiraning to‘liq qaramog‘ida bo‘lishiga qaramay, Pike xohlagan vaqtda bolalarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi.


Eslatib o‘tamiz, 2022-yil iyun oyi boshida qo‘shiqchi xiyonatlari tufayli futbolchi bilan munosabatlarini to‘xtatganini rasman e’lon qilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика