1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shakira jurnalistlardan bolalarini tinch qo‘yishni talab qilmoqda

Xonanda Instagram sahifasida bu haqda murojaat bilan chiqdi.

Shakira jurnalistlardan bolalarini tinch qo‘yishni talab qilmoqda

 

Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira futbolchi Jerar Pike bilan ajrashgach, jurnalistlar uning farzandlarini taʼqib qilayotganidan shikoyat qilmoqda.

 

Qo‘shiqchi o‘zining Instagram sahifasida matbuotni o‘g‘illari Milan Sashani taʼqib qilishni to‘xtatishga chaqirdi.

 

“Jamoat arbobi sifatida hayotim o‘zgarib borayotgan bir paytda matbuotning menga va oilamga doimiy qiziqishini tushunsa bo‘ladi. Ammo farzandlarim Milan va Sasha juda og‘ir yilni boshdan kechirishdi, doimiy qamal va tinimsiz azob-uqubatlarni boshdan o‘tkazishgan. Ular hayotlarida yangi bosqichga qadam qo‘yayotganlarida, men bolalarim nomidan OAVni ularning shaxsiy daxlsizligi huquqini hurmat qilishga chaqiraman”, — deb yozadi u.

 

Shakira OAVdan bolalari maktabga ketayotganda yoki dam olish tadbirlariga borganda ularni kuzatishni to‘xtatishni so‘radi.

 

Avvalroq Shakira futbolchi Jerar Pike bilan ajrashgach, farzandlari bilan AQSHning Mayami shahriga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика