1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sharof Rashidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olindi

Shuningdek DXX tezkor tadbirida Guliston shahar prokurori o‘rinbosari ham o‘z xizmat xonasida 10 ming AQSh dollari bilan ushlanadi.

Sharof Rashidov tumani hokimi 10 ming dollar pora olayotganda qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Jizzax viloyati Sh.Rashidov tuman hokimi va Sirdaryo viloyati Guliston shahri prokurori o‘rinbosari pora olishda gumon qilinib qo‘lga olindi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sh.Rashidov tuman hokimligining qurilish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha bo‘lim bosh mutaxassisi tadbirkor ishonchiga kirib, maktab qurilishi uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydoniga ko‘p qavatli uylar qurilishiga ruxsat olib berish evaziga $30 ming pora talab qilgan. 5-iyul kuni u so‘ralgan pulning $10 mingini olib, tuman hokimiga yetkazgan. 8-iyulda esa qolgan $20 mingni olib, ruxsat hujjatlarini tadbirkorga taqdim etgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan hokim bilan birga ushlandi.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi deputatlik daxlsizligidan mahrum qilindi va unga JKning 210-moddasi, bosh mutaxassisga esa 168 va 211-moddalar asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Sirdaryodagi holatda esa Guliston shahri prokurori o‘rinbosari Bo‘yovut tumanida qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbaridan jinoyat ishi doirasida unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik va ishni foydasi yo‘nalishida hal qilish evaziga $10 ming pora so‘ragan. U ushbu pulni xizmat xonasida olayotganida, DXX tomonidan dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Har ikki mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика