1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shartnoma asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlov shartlari o‘zgartirildi

Bu bo‘yicha Nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Shartnoma asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlov shartlari o‘zgartirildi

Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

Endi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralashda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar ishtirok etishi mumkin:

 

  • 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

  • muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;

  • rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.

 

Bunda erkak jinsidagi nomzod muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) yoki SCHRda harbiy xizmatni o‘tagan yoxud OTM harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida o‘qishni tugatgan bo‘lishi, shuningdek, harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi kerak.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика