1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Shavkat Mirziyoyev Aliyev va Putinga hamdardlik bildirdi

Boku shahridan Grozniyga uchayotgan samolyot Qozog'istonning Oqtau shahriga qulab tushgandi.

Shavkat Mirziyoyev Aliyev va Putinga hamdardlik bildirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Qozog‘istonning Oqtau shahri yaqinida "Ozarbayjon havo yo‘llari"ning yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi.

 

Davlat rahbari barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tiladi. Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni Bakudan Grozniyga uchgan samolyot Oqtau yaqinida quladi.

 

Hozirda tirik qolganlar soni 30 nafardan oshgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda. Samolyot bortida Ozarbayjon, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика