1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

Prezident Ohangaronda tayyor sanoat infratuzilmasi borligi, bu xorijiy investitsiyalar jalb etish uchun katta imkoniyat ekanini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

 

Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni “Angren” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Xabarda keltirilishicha, 2012-yilda tashkil etilgan mazkur iqtisodiy zona so‘nggi yillarda ham hudud, ham salohiyat jihatidan kengaygan. U Angren shahri, Ohangaron shahri va tumani, Bekobod shahrining bir qismini qamrab olgan. Bugun ushbu zonada 76 ta korxona, ularda 11 mingdan ziyod aholi ishlamoqda.

 

"Ulardan biri – Premier elektrotech masʼuliyati cheklangan jamiyatining 23 million dollarlik loyihasi. O‘tgan yili dekabrda ishga tushgan bu korxona yiliga 100 ming dona kir yuvish mashinasi va 200 ming dona sovutgich ishlab chiqarish hamda 1 million dollarlik eksport quvaatiga ega. 350 kishi ish bilan taʼminlangan. Bu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, uni kengaytirish uchun qurilish olib borilmoqda. Ikkinchi bosqich shu yil dekabrda foydalanishga topshiriladi va ish o‘rinlari 450 taga yetadi", — deyiladi xabarda.

 

Korxonada ishlab chiqariluvchi televizor, konditsioner kabi boshqa maishiy texnikalar MDH mamlakatlariga eksport qilinmoqda.

 

 

Davlat rahbari Ohangaronda tayyor sanoat infratuzilmasi borligi, bu xorijiy investitsiyalar jalb etish uchun katta imkoniyat ekanini taʼkidladi. Shu kabi korxonalarni kengaytirish maqsadida elektrotexnika sanoati zonasini tashkil etish taklifi bildirildi.

 

"Ohangaron metall quvurlar zavodining joyi besh yil oldin unumsiz dala edi. 2018-yildan boshlab sanoat majmuasi barpo etildi. 49 million dollarlik bu loyiha uchun uskunalar Turkiyadan olib kelindi. Yillik 205 ming tonna metall mahsulotlar tayyorlash quvvati yaratilib, 250 ta ish o‘rni yaratilgan. Joriy yilning 6 oyida qariyb 4 million dollarlik mahsulot eksport qilingan", — deyiladi xabarda.

 

Prezident shu yerda “Angren” erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, yangi loyihalarni shakllantirish, aholi bandligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика