1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Antoniu Koshtani Yevropa kengashi rahbari lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

Prezidentimiz va Yevrokengash rahbari bir qator masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.

Shavkat Mirziyoyev Antoniu Koshtani Yevropa kengashi rahbari lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

 

O‘zbekiston Prezidenti Antoniu Koshta Yevropa kengashi rahbari lavozimiga saylangani bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani va barcha ustuvor yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar olib borilmoqda. 2024-yilda O‘zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard yevrodan oshdi, Yevropa kompaniyalari bilan loyihalar portfeli 30 milliard yevroga yetdi.

 

O‘tgan yili o‘ta muhim mineral resurslar sohasida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolandi. Transport va raqamli o‘zaro bog‘liqlik, yashil iqtisodiyot, madaniyat va boshqa yo‘nalishlarda samarali hamkorlik olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning tez fursatda imzolanishi o‘zaro munosabatlarning butun majmuini rivojlantirishga jiddiy turtki bo‘lishiga ishonch bildirildi.

 

O‘zbekiston yetakchisi va Yevrokengash rahbari xalqaro kun tartibi va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar. 2025-yil aprel oyida Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo — Yevropa ittifoqi” birinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma rejalar muhokama qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика