1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Geologiya fanlari universiteti qoshida Kompetensiyalar markazi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifi doirasida AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.

 

Uchrashuvda “Traxys” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Alan Dokter, Kolorado geologiya maktabi vitse-prezidenti Jon Bredford, “FLSmidth” kompaniyasi katta vitse-prezidenti Piter Flanagan, “McKinsey” kompaniyasining katta hamkori va Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi rahbari Yermolay Soljenitsin hamda “Go Green Partners” kompaniyasi bosh direktori Mixail Sedoy ishtirok etdi.

 

Muloqot davomida AQShning ushbu yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

 

“Traxys” kompaniyasi bilan geologik qidiruv va konlarni o‘zlashtirish sohasida 1 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar portfeli shakllantirilgani, muhim mineral resurslarni qazib olish, qayta ishlash va barqaror yetkazib berish zanjirlarini yaratish bo‘yicha bitim va “yo‘l xaritasi” imzolanganiga alohida e’tibor qaratildi.

 

Kolorado geologiya maktabi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Geologiya fanlari universiteti qoshida Kompetensiyalar markazini tashkil etish masalasi ishlab chiqilmoqda.

 

“FLSmidth” kompaniyasi mamlakatimiz mis sanoatini rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan bo‘lsa, “McKinsey” kompaniyasi bilan birgalikda xomashyo bazasini kengaytirish va tog‘-kon sanoatini chuqur transformatsiya qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilgan.

 

Shuningdek, “Go Green Partners” kompaniyasi “yashil” energetika uchun muhim mineral resurslarni qazib olish va qayta ishlash loyihalariga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

 

Mazkur kompaniyalarning umumiy kapitalizatsiyasi 20 milliard AQSh dollaridan ortiqni tashkil etadi. Uchrashuv yakunida qo‘shma ishchi guruh tuzish va yangi loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика