1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidentiga ta’ziya bildirdi

Shuningdek, ta’ziya marosimida 40 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi.

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidentiga ta’ziya bildirdi

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni vafot etgan Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etish uchun Abu Dabiga uchib ketgani xabar qilingandi. 

 

O‘zbekiston rahbari Abu Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari yangi Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayon hamda Bosh vazir o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Mansur bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashib, ularga ta’ziya bildirdi.

 

Bugungi ta’ziya marosimida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq, Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet, jami 40 ga yaqin davlat va hukumat rahbarlari qatnashdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика