1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi

Prezident turk qardoshlarimizga yana bir bor hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga bordi

 

Prezident bugun Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasiga borib, ularga yana bir bor hamdardlik bildirdi.

 

Parvardigordan marhumlarni o‘z rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini so‘radi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sog‘ayib ketishini tiladi.

 

O‘zbek va turk xalqlari yaxshiyu yomon kunlarda hamisha birga bo‘lgan, bir-birini qo‘llab-quvvatlagan. Bu do‘stlik, qardoshlik va o‘zaro yelkadoshlik hozirgiday og‘ir kunlarda yanada bilinadi.

 

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi. Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli so‘zlarni yozib qoldirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика