1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ertaga Eronga boradi

Prezident Tehron shahrida Ibrohim Raisiy bilan muzokara o‘tkazadi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Eronga boradi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan 18 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Davlat rahbari Tehron shahrida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni hamda ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti ushbu mamlakat yirik ilm-fan va ishlab chiqarish muassasalarining mahsulotlari namoyish etiladigan “Eronning innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari” nomli ko‘rgazmaga tashrif buyuradi.

 

Tashrif doirasida har tomonlama amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика