1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev global terrorizmga qarshi kurashning eng samarali yo‘lini maʼlum qildi

Bu haqda Prezidentning xalqaro anjuman ishtirokchilariga murojaatnomasida so‘z boradi.

Shavkat Mirziyoyev global terrorizmga qarshi kurashning eng samarali yo‘lini maʼlum qildi

 

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Markaziy va Janubiy Osiyo yoshlari kengashini chaqirishni taklif qildi.

Bu haqda Prezidentning "BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi" mavzusida xalqaro anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatnomasida aytilgan.

 

Davlat rahbari murojaatnomasida samarali yoshlar siyosati – terrorizm va ekstremizmga qarshi samarali kurashning muhm sharti ekanligi qayd etilgan. Shavkat Mirziyoyev mamlakat kelajagi yosh avlodga, uning qanday ta-ʼlim-tarbiya olishi va yoshlar uchun qanday “ijtimoiy lift”lar yaratilishiga bog‘liqligini taʼkidlagan.

 

Ushbu masalalarni har tomonlama muhokama qilish uchun 2023 yilda Samarqandda doimiy faoliyat olib boruvchi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari yoshlari kengashini chaqirish taklif qilindi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Bugun Toshkentda "BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi" mavzusida xalqaro anjuman boshlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика