Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlarimiz strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlandi. O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.


