1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev: "Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur"

Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maʼruza qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: "Har qanday islohot quruq raqamlarda emas, balki, uning dasturxoni va ro‘zg‘orida o‘z aksini topishi zarur"

 

 

Prezident matbuot kotibi maʼlum qilishicha, davlat rahbari avval o‘tgan besh yildagi natijalarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi: 

 

- 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik. Uning doirasida 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Prezident farmoni va qarori qabul qilindi.

 

 

Xalq hokimiyatini mustahkamlash, parlamentarizmni rivojlantirish va davlat organlari hisobdorligini taʼminlashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

 

So‘nggi besh yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 24 foizga, sanoat – 34 foizga, eksport hajmi 1,5 barobarga, xorijiy investitsiyalar hajmi esa 3 barobarga o‘sgani biz qo‘lga kiritgan yuqori natijalardan dalolat beradi. Shu davrda o‘rtacha oylik ish haqi 2,2 marta ko‘paydi.

 

"Barcha orzu-niyatlarimiz, mashaqqatli mehnatimiz, kechani – kecha, kunduzni – kunduz demasdan amalga oshirayotgan saʼy-harakatlarimiz – hamma-hammasi, bizga katta umid va ishonch bilan qarab turgan xalqimiz uchundir" - deya taʼkidladi davlatimiz rahbari. 

 

Biz ushbu yo‘nalishdagi ezgu ishlarimizni davom ettirib, ijtimoiy adolat tamoyili asosidagi barqaror rivojlanish dasturini ishlab chiqdik va mazkur sohadagi faoliyatimizni davlat siyosati darajasiga ko‘tardik. 

 

O‘zbekiston tarixida ijtimoiy soha bo‘yicha bunday keng ko‘lamli ishlar ilgari hech qachon bo‘lmagan.

 

Yurtimizda yashayotgan oilalar hayotini shu nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘tgan davrda qanday katta natijalarga erishganimiz ayon bo‘ladi.

 

 

Misol uchun, hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi har 100 ta oilaga 162 ta televizor, 107 ta xolodilnik, 287 ta mobil telefon, 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Boshqacha aytganda, mamlakatimizdagi oilalarning qariyb yarmi, o‘zining shaxsiy avtomobiliga ega.

 

Yoki so‘nggi yillarda yurtimizda, ipoteka dasturlari doirasida, 140 mingdan ortiq uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni oldingi yillarga solishtirganda, 11 martadan ham ko‘p demakdir.

 

Avvalroq Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdi boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика