Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Samarqand viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashib, ularni o‘z saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.
Samarqandlik saylovchilar bilan uchrashish uchun viloyatga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Shuningdek, nomzod Hazrati Hizr majmuasiga ham tashrif buyurib, birinchi prezident Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.
Shuningdek, Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.
Hozirda nomzod samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda saylovoldi dasturi yuzasidan maʼruza qilmoqda.


