1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Senati raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Iordaniya parlamentlararo hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya Senati raisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Senati raisi Faysal Aqif Mishal al-Fayoz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida Iordaniya Senati raisi davlat rahbariga Podshoh Abdulla II ibn al-Husaynning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Muloqot chog‘ida o‘tgan yili Samarqand shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston–Iordaniya keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama aloqalar va almashinuvlar faollashgani, o‘zaro savdo hajmi hamda qo‘shma korxonalar soni ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Parlamentlarda tashkil etilgan “do‘stlik guruhlari” faoliyatini tasdiqlangan “yo‘l xaritasi” asosida yanada faollashtirish, ularning davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishdagi rolini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, savdo, sanoat kooperatsiyasi, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, joriy yilda Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va yetakchi kompaniyalar ishtirokidagi biznes forumni yuqori natija bilan o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика