1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Jiddaga yetib keldi

Davlat rahbari Jiddada "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi birinchi sammitda ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Jiddaga yetib keldi

 

Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

 

Jidda shahrining xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Makka mintaqasi hokimi o‘rinbosari shahzoda Badr bin Sulton Ol Saud va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

Sammitning asosiy tadbirlari – "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" formatidagi davlat rahbarlari yig‘ilishi hamda ikki tomonlama muzokaralar ertaga, 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика