O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev bugun, 27-yun kuni saylovchilar bilan uchrashish uchun Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Nomzod jizzaxliklarni o‘zining 7 yillik saylovoldi dasturi bilan tanishtirish davomid taʼlim, sog‘liqni saqlash va infratuzilmaga oid rejalariga ham to‘xtaldi.
Shavkat Mirziyoyevning raʼkidlashicha, 2030-yilga qadar viloyatda yangi maktablar qurish, mavjudlarining quvvatini oshirish, shuningdek, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash hisobiga qo‘shimcha 75 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi. 400 ta yangi bog‘cha tashkil etish hisobiga, viloyatda maktabgacha taʼlimga ehtiyoj to‘liq – 100 foizga qoplanadi.
"Barcha bog‘cha va maktablarda o‘g‘il-qizlarimiz uchun filtrlangan ichimlik suvi taʼminoti yo‘lga qo‘yiladi", – dedi nomzod.
Bundan tashqari, kelgusi yetti yilda Jizzaxda 85 ta tibbiyot muassasasi quriladi va taʼmirlanishi rejalashtirilgan.
"Odamlarimizning uy-joyga ehtiyojini taʼminlash maqsadida, 2030-yilga qadar 25 ming oilaga mo‘ljallangan 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etiladi.
Viloyatda eng dolzarb bo‘lgan ichimlik suvi masalasiga eʼtiborni yana-da kuchaytiramiz. Kelgusi yilda Zarafshon daryosidan 160 kilometr magistral quvurni tortish hisobiga, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Do‘stlik, Paxtakor, Mirzacho‘l tumanlari va Jizzax shahridagi 600 ming aholining suv taʼminoti tubdan yaxshilanadi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdaviloyatda elektromobil ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, Xitoy kompaniyalari bilan:
-
80 million dollar investisiya hisobiga yiliga yana 50 mingta avtomobillar ishlab chiqarish boshlanadi;
-
130 million dollar investisiya hisobiga elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va kelgusi yillarda quvvati 300 ming donaga yetkaziladi.
Bundan tashqari, viloyatning Forish va G‘allaorol tumanlarida 750 Megavatt quvvatga ega quyosh stansiyalari ishga tushiriladi


