Saudiya Arabistoni Podshohligida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev muborak Umra amalini ado etishga kirishdi. Umra ibodatini bajarishda davlat rahbariga muftiy Nuriddin domla hazratlari, ziyolilar, hukumat vakillari va mahalliy mutasaddilar hamrohlik qilmoqda. Bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma'lum qilishicha, [https://t.me/xushnudbek/20315] Shavkat Mirziyoyev Umra amallarini ado etdi. Davlatimiz rahbari ikkinchi bor Kaʼbatulloh ichiga kirib, tegishli ibodatlarni amalga oshirdi hamda Vatanimiz, xalqimiz haqqiga duolar qildi, deb yozadi u.