1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev MDHga aʼzo davlatlar rahbarlari bilan birgalikda “Ermitaj” davlat muzeyi bilan tanishdi

Yetakchilar noyob sanʼat asarlari va madaniyat yodgorliklari toʻplangan ushbu dunyodagi eng yirik muzeylaridan birining ekspozitsiyasi bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev MDHga aʼzo davlatlar rahbarlari bilan birgalikda “Ermitaj” davlat muzeyi bilan tanishdi

 

 

Sankt-Peterburgdagi norasmiy uchrashuvning madaniy dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlari bilan birgalikda “Ermitaj” davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

 

Yetakchilar noyob sanʼat asarlari va madaniyat yodgorliklari toʻplangan ushbu dunyodagi eng yirik muzeylaridan birining ekspozitsiyasi bilan tanishdilar. Tashrif chogʻida Rossiya va Yevropa tarixi hamda badiiy merosining asosiy bosqichlarini aks ettirgan Bosh muzey majmuasi zallari bilan tanishildi.

 

Delegatsiyalar rahbarlari Aleksandr zalida boʻlib, badiiy kumush ekspozitsiyasini koʻzdan kechirdilar, shuningdek, tantanali marosimlar va rasmiy tadbirlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan Piketlar zali va Gerblar zaliga tashrif buyurdilar.

 

Qimmatbaho metallardan tayyorlangan betakror buyumlar saqlanuvchi Oltin xazina, afsonaviy “Tovus” mexanik soati joylashgan Kichik Ermitajning Pavilyonlar zali mehmonlarda alohida qiziqish uygʻotdi.

 

Tashrif davomida madaniy muloqotni mustahkamlash, tarixiy merosni asrab-avaylash va Hamdoʻstlik davlatlari oʻrtasida gumanitar hamkorlikni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика