1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: Men uchun bundan ulug‘ baxt, bundan buyuk sharaf va masʼuliyat yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas

Toshkent shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi – Yangi O‘zbekiston strategiyasining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maʼruza qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: Men uchun bundan ulug‘ baxt, bundan buyuk sharaf va masʼuliyat yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas

 

 

Xalq ishonchi qanday buyuk qudrat va ilhom manbai ekanini, o‘tgan yillar davomida barchamiz chin yurakdan his etib kelmoqdamiz.

Aynan ana shu ishonch eng qiyin damlarda bizga umid va madad berdi, vujudimizga – kuch, ruhimizga qanot bag‘ishladi.

Bizga tog‘dek tayanch bo‘lib turgan moʻtabar nuroniylarimiz, mehribon onalar, azamat aka-ukalarimiz, oqila opa-singillarimiz, navqiron avlodimizga tayanib, tanlagan yo‘limizdan dadil ilgari bormoqdamiz.

Ana shu yuksak ishonchga munosib bo‘lish, xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari hamda uning baxt-saodati yo‘lida, bor kuch-g‘ayratim, bilim va salohiyatimni safarbar etish men uchun hamisha hayotimning maʼno-mazmuni bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

Men uchun bundan ulug‘ baxt, bundan buyuk sharaf va masʼuliyat yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas, dedi davlat rahbari.

 

 

Avvalroq Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilib, 3 ming kilometr ichki yo‘llar yangilanishi, 10 ta zamonaviy ko‘prik qurilishi haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика