1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti bilan telefonlashdi

Muloqotda davlat rahbarlari bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti bilan telefonlashdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti bilan bir-birini samimiy qutladilar. O‘zbekiston va Misrning do‘st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirildi.

 

Joriy yilning fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi rasmiy tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlari aniq mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi dasturlarini ilgari surish bo‘yicha taʼsirchan choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston va Misr yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvni yana-da faollashtirish muhimligini ham taʼkidladilar.

 

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика