1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni sanab o‘tdi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘zladi.

Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni sanab o‘tdi

 

 

- 127 mingdan ziyod aholi ishsiz bo‘lib, har yili mehnat bozoriga qo‘shimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.

- Mingbuloq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Chustda ichimlik suvi taʼminoti darajasi juda past, 27 ta mahalla esa markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman taʼminlamagan.

- viloyatda uy-joyga ehtiyoj katta. Birgina Namangan shahrida kelgusi besh yilda aholi 1 million nafarga yetishi hisobiga, qo‘shimcha 52 mingta uy-joyga ehtiyoj mavjud.

- qishloq va suv xo‘jaligida Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘onda suvsizlik sababli 19 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari ishlatilmayapti.

- sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimlarida ham, hali yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar mavjud. Viloyatda 709 ming nafar yoki 25 foiz aholining surunkali kasalligi bor.

- Namangan shahri (47 foiz), Chortoq (53 foiz) va Kosonsoyda (54 foiz) maktabgacha taʼlim qamrovi juda past (viloyatda 68 foiz). Ayniqsa, 58 ta mahallada bog‘cha umuman yo‘q.

Viloyatdagi 37 ta maktab quvvatiga nisbatan 2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlamoqda, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Shavkat Mirziyoyev Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini munosib nishonlanishi hamda davlatimiz rahbari Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida bo‘lishi haqida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика