1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Shavkat Mirziyoyev Pekin Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin

Xitoyning Pekin shahrida 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan XXIV Qishki Olimpiya o‘yinlarida 20 ta davlat rahbari ishtirok etishi maʼlum bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Pekin Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin

 

Xitoy markaziy televideniyesining xabar berishicha, davlat rahbari Si Szinpinning shaxsiy taklifiga binoan Pekinga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya va boshqa ko‘plab davlat rahbarlarining kelishi kutilmoqda.

 

"Xitoy raisi Si Szinpin 4–6 fevral kunlari Pekinda 2022 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. Shuningdek, tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar va hukumat rahbarlari, qirollik oilalari aʼzolari hamda xalqaro tashkilot rahbarlarini kutib olish ziyofati o‘tkazadi", — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика