1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi

16-sentabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokara o‘tkazdi

 

 

Ikki mamlakat yetakchilarining joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammitida O‘zbekiston va Pokistonning ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shu yil boshidan ikki tomonlama tovar ayirboshlash 2,5 barobar ortgani, 30 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etilgani taʼkidlandi. Toshkent va Lahor shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar tiklandi.

 

Samarali ishbilarmonlik almashinuvlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish borasida birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi. Eng avvalo, preferensial savdo to‘g‘risidagi shartnomani tez fursatda qabul qilish, tranzit va savdo munosabatlari to‘g‘risidagi bitim qoidalarini bajarish, qabul qilingan “yo‘l xarita”siga muvofiq iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish shular jumlasidan.

 

Uchrashuvda Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalarida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

 

Avvalroq, Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazgani to‘g‘risida хabar bergandik.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика