1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama muzokaralar kun tartibi va strategik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islomobod shahridagi qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Is’hoq Dor bilan uchrashdi. Uchrashuv davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.

 

Suhbat davomida Is’hoq Dor davlatimiz rahbariga rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar va muzokaralar kun tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi. Tomonlar tashrif doirasidagi asosiy masalalar yuzasidan fikr almashdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev vazir Is’hoq Dorning ushbu muhim davlat tashrifini tashkil etishga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlab, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini qayd etdi.

 

Shuningdek, tashrif doirasida o‘tkaziladigan oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика