1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi

Prezident “Markaziy Osiyo – Yaponiya” birinchi sammitida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18–20-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif doirasida davlat rahbari Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sanae Takaichi, parlament va hukumat vakillari, shuningdek, siyosiy doiralar va yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

 

Muzokaralarda O‘zbekiston–Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda ilmiy-ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish rejalashtirilgan. Tashrif yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Yaponiya” formatidagi davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi. Tadbirda “yashil iqtisodiyot”, barqaror rivojlanish, mintaqaviy hamkorlik va inson resurslarini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi. Sammit yakunida Tokio deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика