1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi

 

Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an o'rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Prezident matbuot xizmati ma'lumotlariga ko'ra, suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

 

"Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik hamda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi samarali aloqalar izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha, shu jumladan energetika, tog‘-kon, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda yangi loyihalarni ilgari surish muhimligi taʼkidlandi", — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar rejasi, xususan, oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика