1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyovni qabul qildi

Uchrashuvda atom energetikasi loyihalari, kadrlar tayyorlash va yadro texnologiyalarini tinch maqsadlarda qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachyovni qabul qildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni Rossiyaning “Rosatom” atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyovni qabul qildi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 

Uchrashuvda mamlakatda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini barpo etish loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi. O‘tgan yil oktyabr oyida birinchi kam quvvatli reaktor binosi uchun poydevor qo‘yilgani va hozirda elektr stansiya loyihalash ishlari davom etayotgani ta’kidlandi.

 

Prezident Mirziyoyev Toshkentda “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti filiali negizida atom energetikasi va yadro texnologiyalari yo‘nalishida ilg‘or muhandislik maktabi ish boshlaganini ham ijobiy baholadi. Ushbu tashabbus soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qo‘llash, ilm-fanni rivojlantirish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar bu yo‘nalishlardagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика