1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlari mudofaa vazirlariga murojaat yo‘lladi

Unda bir qator muhim takliflar berilgan.

Shavkat Mirziyoyev SHHT davlatlari mudofaa vazirlariga murojaat yo‘lladi

 

Shavkat Mirziyoyev SHHT mudofaa vazirlari kengashiga murojaat yo‘lladi. Uni xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov o‘qib eshittirdi.

 

Prezident mudofaa vazirlari kengashi formati dolzarbligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, dunyodagi murakkab vaziyatda bu kabi yig‘ilishlarning ahamiyati oshib borayotgani qayd etilgan.

 

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistondagi holatga to‘xtalgan.

 

“Afg‘onistondagi murakkab vaziyatdan kelib chiqib SHHT hududida terrorizm va ekstremizm eng asosiy tahdidlardan bo‘lib qolmoqda. Tashkilot chegaralari yaqinidagi vaziyatni samarali monitoring qilib borish uchun mudofaa vazirliklari o‘zaro koordinatsiyani kuchaytirish kerak”, – deyiladi murojaatda.

 

Shuningdek, harbiy tayyorgarlik va taʼlim masalalarida hamkorlikni mustahkamlash zarurligi aytilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика