1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryodagi “Invest Asia” korxonasiga bordi

Joriy yilning oʻn oyi davomida korxonada 1,9 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, 23 million dollarlik eksport amalga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryodagi “Invest Asia” korxonasiga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatidagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan “Invest Asia” korxonasiga tashrif buyurdi.

 

Mazkur korxona Markaziy Osiyoda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi. Hozirda mamlakat ichki bozorida polipropilen qop va yumshoq konteynerlarning 60 foizi, stretch plyonkalarning 40 foizi ushbu korxona hissasiga toʻgʻri keladi.

 

60 gektar maydonda joylashgan majmuada 2,5 mingga yaqin ish oʻrni yaratilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish, sanoat va maishiy kimyo tarmoqlarida keng qoʻllaniladi, ularning sifati mahsulotni xavfsiz yetkazish va bozorda muntazam taʼminlashga xizmat qiladi. Bu esa import oʻrnini bosish, xarajatlarni kamaytirish va ichki bozor barqarorligini taʼminlashga sezilarli hissa qoʻshmoqda.

 

Korxonaning muhim ustunligidan biri — bioaksal yoʻnaltirilgan polipropilen plyonka ishlab chiqarishda mamlakatda yagona ishlab chiqaruvchilik maqomiga ega ekani. Mazkur material turli sohalarda eng talabgir qadoqlash vositalaridan biri hisoblanadi.

 

Joriy yilning oʻn oyi davomida korxonada 1,9 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, 23 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Uskunalar Avstriya, Germaniya, Italiya, Xitoy va AQSH kabi ilgʻor davlatlar texnologiyalariga asoslangan.

 

Davlatimiz rahbari korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini koʻzdan kechirdi, xodimlar bilan muloqot qilib, kelgusidagi rejalarga e’tibor qaratdi. Yil yakuniga qadar Markaziy Osiyoda eng yirik spanbond va meltblaun notoʻqima mato ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirilishi kutilmoqda. Ushbu mahsulotlar tibbiyot, qurilish, qishloq xoʻjaligi va maishiy kimyo sohalarida keng ishlatiladi.

 

Barcha loyihalar toʻliq quvvatda ishga tushirilgach, ish oʻrinlari soni 10 ming nafarga yetadi, korxonaning polimerni qayta ishlash quvvati yiliga 280 ming tonnagacha oshadi.

 

Tashrif doirasida Prezident xorijiy investorlar bilan uchrashib, viloyat iqtisodiyoti va aholi farovonligiga xizmat qiladigan loyihalar davlat tomonidan doimiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi. Investorlar mamlakatimizdagi qulay biznes muhitini yuqori baholab, koʻrsatilayotgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика