1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Tehronda rasmiy kutib olindi

Shundan so‘ng ikki davlat rahbarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev Tehronda rasmiy kutib olindi

 

Tehrondagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbarini Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi.

 

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Eronning davlat bayroqlari ko‘tarildi.

 

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

 

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

 

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика