Ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan, 700 tadan ortiq kompyuter bilan taʼminlangan. U taʼlim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klaster bo‘ladi. Yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sunʼiy intellekt baholaydi.
Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinmoqda. Prezident ular bilan suhbatlashdi.
- Agar zamonga munosib bo‘laman, o‘z ishimni topaman, yaxshi yashayman desalaringiz, shu sohani o‘rganing. Kelajakka investitsiyangiz - shu. Ham bilim olib, ham amalda tatbiq qilib, oilangiz, el-yurtimizga ko‘makdosh bo‘lasizlar, deb ishonaman, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mutasaddilarga shu yerda yoshlar uchun kovorking markaz, turar joy barpo etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
- Biz uchun yoshlar siyosati - birinchi o‘rinda. Bu yerda iqtidorli, bilimli bolalar o‘qiydi. Ularga zamonaviy, erkin sharoit yaratish kerak. Uyi ham, ovqatlanishi ham, sporti ham, dam olishi ham shu yerda bo‘lishi zarur. Davlat tashkilotlari, sanoat korxonalarining buyurtmalarini shakllantirib, bu mutaxassislarni ish bilan taʼminlash muhim, - dedi Prezident.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 14-15 oktyabr kunlari YEOII va MDH sammitlarida ishtirok etishi hamda BMT Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida rezolyutsiya qabul qilgani xabar qilingandi.


