1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Trampga ikkita sovg‘a berdi

Ulardan biri Registron majmuasining tilla rangdagi maketi.

Shavkat Mirziyoyev Trampga ikkita sovg‘a berdi

7-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga tashrifi doirasida O‘zbekiston va AQSH prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar paytida Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga ikkita ramziy sovg‘a topshirdi. Bu haqdagi maʼlumot uchrashuvdan olingan suratlarda aks etgan.

 

Suratlarda Oq uydagi muzokaralar stolida Samarqanddagi Registron majmuasining tilla rangdagi kichik maketi joylashgani ko‘rinadi. Bu sovg‘a O‘zbekistonning tarixiy merosi va madaniy qadriyatlarini ifoda etadi.

 

Shuningdek, prezident Mirziyoyev Trampga uning o‘zi yozgan “The Art of the Deal” (Kelishuv sanʼati) kitobining o‘zbek tilidagi tarjimasini ham taqdim etdi. Kitob dastlab 1987 yilda Donald Tramp va jurnalist Toni Shvarts tomonidan yozilgan bo‘lib, u qisman memuar, qisman biznes maslahatlaridan iborat.

 

Tramp ushbu asarni o‘zining eng muhim ishlaridan biri deb hisoblaydi va hatto Injildan keyingi eng sevimli kitobi sifatida tilga olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика