Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda davlat rahbarlari qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
"O‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida manfaatli hamkorlik kengaymoqda. ’Shovot-Toshovuz‘ qo‘shma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.
Birgalikdagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, uchrashuv dacomida mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.


