1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga keldi

Prezident amaliy tashrif doirasida Ashxobodga yetib kelib, Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga keldi

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi. Poytaxt aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


Tashrifning dastlabki daqiqalaridayoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari uni doimiy betaraflikning 30 yilligi bilan tabriklab, xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.


Muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика