1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari boshlandi

 

Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi.

 

Ayni daqiqalarda Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boshlandi. Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov shohsupaga ko‘tarildi, ikki davlat madhiyasi yangradi. Prezidentlar O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan faxriy qorovul oldidan ehtirom ko‘rsatib o‘tdilar. Ikki mamlakat rahbarlari hukumat aʼzolarini o‘zaro tanishtirdi.

 

O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston yetakchisini 27-sentabrda nishonlangan mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi va qardosh turkman xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.

 

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka (tor doiradagi) muzokaralari boshlandi. 

Maʼlumot o‘rnida: Shu yil hisobidan O‘zbekiston va Тurkmaniston rahbarlari 4 marta uchrashib, muzokara olib borgan.

Avvalroq O‘zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика