1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Unda mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-sentabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Chen Vensin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Delegatsiya rahbari Chen Vensin davlat rahbariga Xitoy raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada qabul qilingan qarorlar asosida rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, narkotrafik kabi xavfsizlikka tahdid solayotgan anʼanaviy va yangi xatarlarga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni kengaytirish va saʼy-harakatlarni samarali muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Shu kunlarda bo‘lib o‘tgan Huquqni muhofaza qilish faoliyati va xavfsizlik sohasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik mexanizmining birinchi yig‘ilishi natijalari yuqori baholandi. Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика