Xitoy janubi-g‘arbidagi Shigasze shahri Dinji uyezdida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yo‘lladi.
Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.


