1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Parranda grippi epidemiyaga aylanadimi?

Virusdan ilk bemor o‘limi turli xavotirlarga sabab bo‘ldi.

Parranda grippi epidemiyaga aylanadimi?

Kuni kecha AQSHda parranda grippidan ilk bemor o‘limi kuzatilishi turli xavotirlarga sabab bo‘ldi. Ushbu voqeadan bir kun o‘tib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasi eʼlon qilindi.

 

Unda qayd etilishicha, H5N1 virusiga chalinayotganlarning aksariyati qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlaridir. Xususan, Luiziana shtatida parranda grippidan vafot etgan bemor ham uy hayvonlari hamda yovvoyi qushlar parvarishi bilan shug‘ullangan.

 

U keksa yoshda bo‘lib, baʼzi yondosh kasalliklardan aziyat chekib kelgan.

 

JSST vakili Margaret Xarris Jenevada o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu virus haqida to‘xtalar ekan, uning epidemiyaga aylanish xavfini past, deb baholadi.

 

Shunga qaramay, kasallik o‘choqlari aniqlangan hududlarda, asosan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar o‘rtasida ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, parranda grippining insonlarga yuqishi bilan bog‘liq holatlar Avstraliya, Kanada, Xitoy, Kambodja va Vyetnamda ham ro‘yxatga olingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика