1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini berildi

Bosh vazir Shahboz Sharif davlatimiz rahbariga bu haqdagi tegishli sertifikatni topshirdi.

Shavkat Mirziyoyevga Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlarini berildi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokistonga davlat tashrifi doirasida Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universitetining faxriy doktori va professori unvonlariga sazovor bo‘ldi. Mazkur marosim Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

 

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif davlatimiz rahbariga ushbu unvonlarni tasdiqlovchi sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi. Ushbu mukofot Prezidentning mamlakatni modernizatsiya qilish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari e’tirofi sifatida berildi.

 

Marosim davomida Shavkat Mirziyoyev Pokiston rahbariyati, universitet vakillari va akademik hamjamiyatga bildirilgan yuksak e’tibor uchun minnatdorlik izhor etdi. U ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy aloqalarni rivojlantirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

 

1991-yilda tashkil etilgan Pokiston Milliy fan va texnologiyalar universiteti mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet ilmiy tadqiqotlar olib borish, innovatsiyalarni rivojlantirish hamda magistr va doktorantlar tayyorlash yo‘nalishlarida faoliyat yuritadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика