1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Eronga tashrif buyurishi kutilyapti

Tashrif arafasida Tehronda ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyevning Eronga tashrif buyurishi kutilyapti

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 iyun kuni Eronga tashrif buyuradi. Bu haqda Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkaz departamenti bosh direktori Rahmatulla Xormali Toshkentda tadbirkorlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi Newshub.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif arafasida Tehronda ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabr kuni Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

 

Keyinroq Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy Samarqanddagi Kongress-markazda uchrashdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolandi.

 

Shundan so‘ng Ibrohim Raisiy O‘zbekiston prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda Eronga javob tashrifi bilan kelishni taklif qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика