1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi yakunlandi

Prezidentni Qatar tashqi ishlar vaziri kuzatib qo‘ygan.

Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi yakunlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifini yakunladi.

 

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda Oliy martabali mehmonni Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Muhammad bin Abdulaziz al-Hulayfiy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

 

Bugun Dohada mamlakat yetakchisi Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da yuqori, strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qatʼiy intilish bildirildi.

 

Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.

 

Shuningdek, Prezident “EKSPO Doha - 2023” butunjahon ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi va boshqa taklif etilgan yetakchilar bilan birgalikda ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi.

 

Tashrif chog‘ida davlat rahbari Qatarning yirik investorlari bilan qator uchrashuvlar ham o‘tkazdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика