Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga davlat tashrifining birinchi manzili - muqaddas Madina shahriga yetib bordi.
Shahzoda Muhammad bin Abdulaziz nomidagi xalqaro aeroportda davlat rahbarini Madina mintaqasi rahbarlari kutib oldi.
Qisqa suhbatdan soʻng Shavkat Mirziyoev musulmonlarning muqaddas ziyoratgohlaridan biri – Masjidun Nabaviyga yoʻl oldi.


